Hukumat qarori bilan, endilikda “umrachi” turfirmalar 1 mln dollarni maxsus jamg‘armaga zaxira qilishi, xizmatlarni uchinchi davlatlar orqali ko‘rsatmasligi, Saudiyadagi hamkor shirkatga faqat bank orqali to‘lov qilishi hamda 2 yildan kam bo‘lmagan tajribaga ega aviakompaniyalardan foydalanishi kerak bo‘ladi.
Xalqaro islom akademiyasi professori Matluba Qahhorova Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Diniy qo‘mita O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanishini ma’lum qildi. 19-iyunga qadar respublikaning 10 ta hududiy aepoportidan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshiriladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxatini e’lon qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarmoqlarda hajga jo‘natishga oid asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan turfirmalardan ogohlantirdi. Bu vazifa qo‘mita va Musulmonlar idorasi zimmasiga yuklangani eslatildi. Noqonuniy safarlar uchun Saudiya Arabistonidan deport qilish va 10 yilga kirishni taqiqlash jazosi ko‘zda tutilgan.
Din ishlari qo‘mitasi toshkentlik tadbirkor ishchi va mijozlar uchun namozxona tashkil etgani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, fuqarolar birgalikda ibodat qilishlari uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ayrim diniy soha vakillari O‘zbekistonning din sohasidagi davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunishi va baholashini, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilishini ta’kidladi. Oldinroq Toshkent shahar imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov adliya vaziri Ruslanbek Davletovning «do‘zaxga kirish-kirmaslik tanlovini odamlarning o‘ziga qo‘yib beringlar» degan so‘zlariga qarshi chiqqan edi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda prezidentga maslahatchi bo‘lib ketgan Muzaffar Komilovning o‘rnini egalladi.
Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolariga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Ushbu masalani hal etish uchun muftiy Nuriddin Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.
Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrda joylashgan «Al-Azhar» universitetining barcha muassasalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim olish yuzasidan murojaatlar 25 iyundan — 15 iyulgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.
Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ta’kidladi.
Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting